Izlash

Klaster faoliyatidan: Paxta xomashyosidan tortib tabiiy kiyim-kechaklargacha jarayonlar

Paxta tolasini yigirilgan ipga aylantirish jarayoni paxta to‘liq tozalab bo‘lingandan so‘ng keladi. Avvallari mirishkor ustalar ip yigirishni qo‘lda amalga oshirishgan. Hozirda Global Textile korxonalaridagi innovatsion uskunalar tufayli xodimlarning ishi ancha yengillashdi.

To‘g‘ri, jarayon Ilgari qanday boʻlsa, hozir ham shunday – paxta tolasi cho‘zilib, g‘altakka ip bo’lib yigiriladi. Biroq, qo‘lda yigirilgan ipdan farlqi o‘laroq, uskunaning samaradorligi ming marta yuqori.  Ishlab chiqarish ketma-ketligida xom iplardan yupqa iplarga o‘tish jarayoni ushbu uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Ular keyinalik ajoyib matolarga aylanadi.

Mutaxassis va texnologlarimiz mahsulot sifatini yuqori darajada ushlab turish uchun uzluksiz nazoratini olib borishadi. Axir sifatli yigirilgan ipdan to‘qilgan kiyim-kechak kundalik hayotimizda ko’p yillar mobaynida xizmat qiladi.

Global Textile kompaniyalar guruhiga kiruvchi korxonalarda yigirilgan ipni ishlab chiqarish bo'yicha ma'lumotlar:

Global Textile Solutions, Toshkent - kuniga 15 tonna.

Fergana Global Textile, Farg'ona - kuniga 36 tonna.

Hozirda qurilayotgan Global Textile Infinity korxonasi kuniga 75-78 tonna ip kalava ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Klaster faoliyatidan: Paxta xomashyosidan tortib tabiiy kiyim-kechaklargacha jarayonlar

Boshqa yangiliklar