Bugun Yarn Expo Shanghai Autumn 2023 xalqaro ko‘rgazmasining birinchi kuni.
Ko‘rgazmaning bosh mahsuloti – ip gazlamani taqdim etish uchun bizning savdo va marketing bo‘yicha ekspertlarimiz mehmonlarni stendimizda kutmoqda. Global Textile ipining afzalliklari uning sifatida va ekologik me’yorlarga mosligida. Buni bizga berilgan Oeko-Tex, USTERIZED va Com4Compact sertifikatlari tasdiqlab beradi. Ishlab chiqarilayotgan paxta ipimizni sifatini nazorat qilish o‘z ichiga paxtani terish va qayta ishlashdan tortib, Uster zamonaviy asbob-uskunalarida tekshirish jarayonlarigacha qamrab oladi. Sizlarni stendimizga taklif qilamiz!
O‘tkazish sanasi: 28-30-avgust kunlari, 2023
Joy: Shanghai shahri, Milliy ko‘rgazma va anjumanlar markazi
Global Textile stendi: D14, Hall 8.2