Izlash

Global Textile mahsulotlari Myunxenda taqdim etilmoq

Shu kunlari Myunxenda tekstil sohasidagi eng yirik voqealardan biri - Munich Fabric Start 2023 ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Unda 43 ta davlatdan kelgan 1 100 ga yaqin mato va aksessuarlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etyapti.

Global Textile ko‘rgazma ishtirokchi va mehmonlarini o‘zbek matolari bilan tanishtiryapti. Mazkur tadbirda biz o‘z mahsulotlarimizni, ya’ni trikotaj matolarini taqdim etyapmiz. Buyumlarimiz sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.

Global Textile kompaniyasi O‘zbekiston tekstil to‘qimachilik sohasining yetakchilaridan biridir. Biz paxta va tekstil to‘qimachilik klasteri bo‘lib, to‘liq ishlab chiqarish siklini amalga oshiramiz – paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulotni ishlab chiqarishgacha.

Sizlarni Global Textile stendiga tashrif buyurish va mahsulotimiz bilan tanishishga taklif qilamiz. Mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob beradi va batafsil ma’lumot taqdim etadi.

O‘tkazish sanasi: 18 – 20-iyul kunlari
Joy: Lilienthalallee 40, 80939 Munich
Global Textile stendi: E04 (Hall 3)

Global Textile mahsulotlari Myunxenda taqdim etilmoq

Boshqa ko'rgazmalar