Izlash

Global Textile konferentsiyaga taklif qilindi

2022-yil 1-sentabr kuni Global Textile kompaniyalar guruhi vakillari Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonda GSP+ imkoniyatlari va talablari haqida salohiyatni rivojlantirish va xabardorlikni oshirish” konferensiyasiga taklif qilindi.

Tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Belgiyaning “Amorfi” ishbilarmonlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Konferensiya ishtirokchilari orasida Yevropa davlatlarining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mutaxassislari, to‘qimachilik mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari va chakana savdo korxonalari rahbarlari, shuningdek, yuqori moda sanoati vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad Yevropa Ittifoqining toʻqimachilik sanoatini import qilish strukturasi va tashkil etilishi, Oʻzbekistondan toʻqimachilik mahsulotlari importi barqarorligi standartlari va boshqalar boʻyicha yevropalik hamkorlar bilan tajriba almashishdan iborat.

Global Textile konferentsiyaga taklif qilindi

Boshqa yangiliklar