Bizni mehnatsevarligi va sifatga sodiqligi bilan hayratga solgan fermerni taqdim etishdan faxrlanamiz. Farg‘ona vodiysidagi fermerlarning 90 foizi hali ishga kirishmaganiga qaramay, paxta terimi bo‘yicha shartnoma rejasini atigi 4 kunda bajardi. Bu bizning Global Textile klasterimiz tomonidan professional agrotexnik yordam va to'liq resurslar bilan ta'minlanganligi tufayli amalga oshdi.
“Salloh” fermer xo‘jaligi rahbari Oxunov Ibrohimjon ko‘pdan buyon sifatli hosil yetishtirishga intilib, joriy mavsumda o‘z maqsadiga erishdi. Bunday yutuqlar yil sayin g‘ayratli fermerlarimiz ko‘payib borayotganini tasdiqlaydi. Bu esa to‘qimachilik tadbirkorlari va fermerlar hamkor bo‘lgan paxta klaster tizimini yaratish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yangi islohotlar samarasidir.
Fermerimizni ajoyib yutuqlar va yangi paxta terimi rekordi bilan samimiy tabriklaymiz va Global Textile qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanligini eslatib o‘tamiz.