Izlash

Yangi marralarga erishishga ruhlantirib

Faol va tashabbuskor yoshlarga bo‘lgan ishonch doim o‘zini oqlaydi. Hozirda kompaniyamizdagi ko‘plab yosh mutaxassislar o‘z sohasining obro‘ qozongan ekspertlardir.

Farg‘ona politexnika instituti taklifiga binoan biz xalqaro anjumanda ishtirok etdik. Tadbirda Fergana Global Textile top menejeri Ma’ruf Sabirov kompaniyamiz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlandiki, Global Textile ning asosiy qadr-qiymati bu uning xodimlaridir.

Global Textile spikerining chiqishi talaba, ustoz-murabbiy va tadbir mehmonlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, Tohoku University of Community Service and Science Yaponiya universitetining professori Shahzadah Nayyar Jehan bizning korxonamizni borib ko‘rish istagini bildirdi.

Xodimlarimiz nafaqat o‘z sohasida, shu bilan birga jamoaviy hayotida o‘zini faol ko‘rsatishidan mamnunmiz. Biz ularni doim qo‘llab-quvvatlaymiz hamda o‘z safimizga g‘ayratli yoshlarni qo‘shishga tayyormiz. Welcome!

Yangi marralarga erishishga ruhlantirib

Boshqa yangiliklar