Izlash

Qanday qilib organik paxtani yetishtirish mumkin?

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) Global Textile bilan birga agronom, entemolog, mexanizator, irrigator va paxta-to‘qimachilik klasterlari mutaxassislari uchun seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar doirasida ishtirokchilar organik paxtani yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha talablar, o‘simliklarni himoya qilish choralari, biolaboratoriyalarning ahamiyati hamda hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha jarayonlar bilan tanishishdi. Buning barchasi yuqori sifatli organik paxtani yetishtirishga imkon beradi.

Organik paxta xalqaro bozorda yuqori baholanadi va unga nisbatan auditoriya tomonidan ehtiyoj tobora o‘sib bormoqda. Global Textile mazkur yo‘nalishda ishlarni amalga oshirmoqda. Bizning maqsadimiz – ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan yuqori sifatli ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarish.

 Qanday qilib organik paxtani yetishtirish mumkin?

Boshqa yangiliklar