Izlash

Qanday qilib munosib mehnat sharoitini yaratish va klasterni samarali boshqarish mumkin?

Ushbu mavzuda BCI dasturi bo‘yicha tashkil qilingan seminar-treninglar doirasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Global Textile va Khantex Group bo‘lim rahbarlari va agromutaxassislar ishtirok etdi.

Mashg‘ulot chog‘ida ishtirokchilar paxta-sanoat korxonalarida ishni tashkil qilish bo‘yicha jarayonlar bilan tanishishdi. Amaliyotda uzluksiz rivojlanish bo‘yicha reja tuzish, tegishli jarayon va hujjatlarni joriy qilish, audit tekshiruvidan o‘tish bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, yaxshilangan paxta ishlab chiqarish bu tartib-taomillarning murakkab majmuasidir. Barcha jarayonlar to‘g‘ri tashkil qilinsa va boshqarilsa, ana shunda ushbu talablarni amalga oshirish mumkin.

Qanday qilib munosib mehnat sharoitini yaratish va klasterni samarali boshqarish mumkin?

Boshqa yangiliklar