Izlash

Ochiq muloqotga doim tayyormiz!

Qanday qilib o‘z o‘quvchilariga rost ma’lumot berish mumkin? Ikkala tomonni eshitib, obyektiv tarzda haqiqatga ega bo‘lish orqali. Shu maqsadda blogerlar Global Textile bilan hamkorlik olib borayotgan Uchko‘prik va Qushtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi fermerlar bilan suhbatlashib, ularning fikr va istaklarini eshitishdi.

O‘sha kunning o‘zida kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Blogerlar suhbat natijalari va o‘z taassutlari bilan o‘rtoqlashishdi. Rahbariyat e’tibor bilan ularni tinglab, bergan savollariga batafsil javob berdi.

Blogerlar jamiyat fikrining yetakchilaridir. Biznes va iste’molchi o‘rtasida samarali muloqot olib borish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ular muhim hissa qo‘shayotganini tan olamiz va yuksak baholaymiz.

Ochiq muloqotga doim tayyormiz!

Boshqa yangiliklar