Izlash

Kelajak uchun zamin yaratish

Global Textil da biz yoshlarga ko‘maklashishga, ularning shaxsiy va professional o‘sishida yordam berishga intilamiz.

Uchko'prik tumanida joylashgan 51-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga kompaniya haqida ma’lumot berib, o‘z oldiga to‘g‘ri orzu-maqsad qo‘yish va erishishda bunday ma’lumotning muhimligi to‘g‘risida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida barcha o‘qituvchi va murabbiylarga o‘z mahsulotimiz bo‘lgan tolstovkalar (qalin kiyim) sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktab uchun yana bir ajoyib tuhfa – o‘quv qo‘llanma, lug‘at va badiiy kitoblar topshirildi.

Yoshlar davlatning ertangi kunida taraqqiyotining hal qiluvchi omili va ishonchidir.

 Kelajak uchun zamin yaratish

Boshqa yangiliklar