Delegatsiyaga Ivanovo viloyati iqtisodiy rivojlanish va savdo departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari Olga Sheremetyeva boshchilik qildi. Shuningdek, delegatsiya tarkibida Ivanovo viloyatidagi eng yirik to‘qimachilik kompaniyalari bosh direktorlari va tadbirkorlari ham qatnashishdi.
Mehmonlarga korxona faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi, hamda ip yigiruv ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdilar. Farg‘ona viloyatida joylashgan Global Textile Infinity korxonasida ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilgan poliester trikotaj mato - delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar kompaniyalar guruhining barcha korxonalarida joriy etilgan BSCI standartini yuqori baholadilar.
Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.