Izlash

INDITEX korporatsiyasi vakillari "Global Textile" ga tashrif buyurishdi.

“INDITEX” korporatsiyasi vakillari "Global Textile" ga tashrif buyurishdi.

“INDITEX” korporatsiyasining Shri-Lanka va Hindiston mintaqalari bo‘yicha direktori Mayank Kaushik boschiligidagi delegatsiya vakillari paxta-to‘qimachlik klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mehmonlarga paxta dalalaridan tortib, tayyor trikotaj mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar ko‘rsatildi. Tashrif delegatsiya vakillarining fermerlar bilan, qolaversa kompaniyamiz mutaxassislari bilan turli masalalar bo‘yicha muloqotlar olib borishganligi bilan ham esda qoldi.

Muloqotlar chog‘ida Global Textile kompaniyalar guruhiga kiruvchi korxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida mehmonlarga batafsil ma'lumotlar berildi.

Ta'kidlash joizki, kompaniyamizda qisqa davr ichida tadbiq etilgan eng ilg‘or texnologiyalar va yangi loyihalarning ko‘lami mehmonlarni hayratda qoldirdi.

Tashrif yakunida mehmonlar Global Textile ular uchun kashfiyot bo‘lganligini ta`kidlashib, kompaniyaning kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

*Ispaniyaning Inditex S.A. kompaniyasi —  (Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Stradivarius, Uterqüe) mashhur brend tarmog‘lariga egalik qiladi.

INDITEX korporatsiyasi vakillari "Global Textile" ga tashrif buyurishdi.

Boshqa yangiliklar