Izlash

Global Textile kompaniyasi rahbarlarining Fitch xalqaro reyting agentligi bilan uchrashuvi

Bugun, 2022-yil 31-avgust kuni Global Textile bosh ofisida kompaniya rahbarlarining Fitch xalqaro reyting agentligi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Fitch Ratings - reyting agentligi bo'lib, Moody's va Standard & Poor's bilan bir qatorda katta uchlikdan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy vazifasi jahon bozorlariga kredit reytinglari, tahliliy tadqiqotlar va ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat.

Amerikaning Fitch agentligining tashrifidan maqsad, O‘zbekiston bozori reytingini xalqaro miqyosda yangilashni o‘rganishdir. Yig‘ilish doirasida kompaniyalar taqdimotlari o‘tkazilib, to‘qimachilik sanoatidagi islohotlardan so‘ng mamlakatimizni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollar berildi.

Taqdimotdan so‘ng Fitch vakillari, “Fergana Global Textile” to‘qimachilik majmuasi rivojlanayotgani ularda katta taassurot qoldirgani haqida ta’kidlab,  “Global Textile” kompaniyalar guruhiga yanada yuksak rivojlanish tiladilar.

Global Textile kompaniyasi rahbarlarining Fitch xalqaro reyting agentligi bilan uchrashuvi

Boshqa yangiliklar