Izlash

Global muammoni qanday qilib qo‘shni davlatlar bilan hal qilyapmiz?

Paxta va tekstil-to‘qimachilik ishlab chiqarish sohasida suvdan tejamkorlik bilan foydalanish texnologiyasini qanday qilib muvaffaqiyatli joriy etish va bunda qanday natijalarga erishish mumkin? Shu maqsadda Tojikistondan qator ekspertlar Fergana Global Textile korxonamizga  tashrif buyurishdi.

Ushbu sayohat Shveytsariya rivojlantirish va hamkorlik bo‘yicha agentligi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekistonda suv resurslarini milliy boshqarish loyihasi doirasida tashkil etilgan. Almashish maqsadida tashkil etilgan tashrifning asosiy vazifasi suv manbalaridan oqilona foydalanishda ilg‘or tajribani o‘rganish va joriy etish.

Global Textile da biz suv manbalaridan unumli foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratamiz. Jumladan, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib dalalarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etdik. Bu esa bizlarga ishlab chiqarish samaradorligini bir baravarga oshirish hamda ahamiyatli ravishda manbalarni tejashga yordam beradi.

Mehmonlar uchun ishlab chiqarish to‘liq siklini namoyon etish maqsadida Fergana Global Textile korxonasiga alohida ekskursiya uyushtirildi. Tashrif doirasida tojikistonlik mutaxassislar tomchilatib sug‘orish tizimi qo‘llanilayotgan dalalarimizni borib ko‘rdi, Shuningdek, mehmonlar paxtani qayta ishlab chiqarish, ip va mato ishlab chiqarish, matoni bo‘yash jarayonlari bilan tanishishdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar ko‘rganlaridan hayratga tushib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Ayniqsa ularni ishlab chiqarish jarayonlarni tashkil etishda biz tomonidan qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar hamda joriy etilgan ilg‘or texnologiyalar qoyil qoldirdi. Klaster paxta va tekstil-to‘qimachilik ishlab chiqarishda eng zo‘r tajribani o‘rganish uchun uzoq chet elga borishga hojati ham yo‘q ekan. Buning barchasini muvaffaqiyat qozongan va hammaga o‘rnak bo‘layotgan Global Textile misolida ko‘rish mumkin.

 Global muammoni qanday qilib qo‘shni davlatlar bilan hal qilyapmiz?

Boshqa yangiliklar