Izlash

Germaniya Elchisini Fergana Global Textile ga tashrifi

Janob Klinner boshchiligidagi Germaniya elchixonasi delegatsiyasi FGT kompleksi misolida klaster tizimi va to'qimachilik ishlab chiqarishning barcha jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqdi. Tashrif davomida Global Textile Group Germaniyadagi hamkorlari bilan hamkorlik masalalari, xususan, klaster korxonalarida Germaniyaning Mayer & Cie va Thies uskunalarini ishlatilishi, Commerzbank tijorat kredit liniyalari orqali zavodning ishga tushirilishi, shuningdek, kelajakdagi rejalar va yangi loyihalar masalalari muhokama qilindi.

Germaniya elchisi to'qimachilik klasterining faoliyati haqida ijobiy fikr bildirdi, mahsulot ishlab chiqarishga zamonaviy, innovatsion yondashuvini va xodimlarning ishga munosabatini yuqori darajada baholadi. 

Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Germaniya Elchisini Fergana Global Textile ga tashrifi

Boshqa yangiliklar