Izlash

"Fergana Valley Light industry".

Mazkur tadbir joriy yilning 23-28 oktyabr kunlari Fargʻona shahrida joylashgan Samo sport kompleksida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Tadbir dasturi judayam keng qamrovli boʻlib, hafta davomida moda va korxonalar boʻylab ekskursiya, forum va koʻrgazmalarni oʻz ichiga qamrab oladi. 

Ko‘rgazmada Farg‘ona vodiysidan 50 dan ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Rossiya kabi davlatlardan kelgan xaridorlarni mintaqa yengil sanoati haqida xabardorligini oshirishdan iborat.

Ishtirokchilar o‘z ko‘rgazma sdendlarida: trikotaj, gazlama, sport kiyimlari va kundalik hayotdagi jinsa va charm mahsulotlarini taqdim qilishgan. Ular orasida, albatta “Global Textile” ning yuqori sifatli matolarining jilosi mehmonlarni o'ziga ohanrabodek tortmoqda.

Stendimizga tashrif buyurib, qiziqqan savollaringizga javob oling – Biz Sizlarni ko‘rgazmada kutib qolamiz!

"Fergana Valley Light industry".

Boshqa ko'rgazmalar