Izlash

Buxoro agroklaster bilan uchrashuv o'tkazildi va tajriba almashish yo'lga qo'yildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli tekstil sohasida ishbilarmonlik muhiti yaxshilanmoqda, hududlar va ishlab chiqaruvchilar orasida kooperatsiya kuchayib bormoqda.

Bu borada eng ilg‘or amaliyotni o‘rganish va undan foydalanish bo'yicha tajriba almashish Global Textile ning muhim vazifalaridan biri. Shu maqsadda 16-yanvar kuni Global Textile korxonalariga «Buxoro Agrocluster» vakillarining tashrifi uyushtirildi. «Buxoro Agrocluster» Buxoro viloyatining yetakchi ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, uning umumiy ekin maydoni 42 ming gektarni (hududdagi umumiy ulushi 43 foizni) tashkil etadi.

Mehmonlar ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida qo‘llanilayotgan innovatsiyalarni ijobiy baholab, Global Textile Infinity da amalga oshirilayotga keng ko‘lamli ishlardan hayratda qolganligi biz uchun juda ahamiyatli.

Buxorolik hamkasblarimiz ularning agroklasterini borib ko‘rishni taklif qilishdi. Bu esa bizning yangi bilim, tajriba va taassurotlarga ega bo‘lishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir.

 Buxoro agroklaster bilan uchrashuv o'tkazildi va tajriba almashish yo'lga qo'yildi

Boshqa yangiliklar