Izlash

Better Cotton Uzbekistan

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahrida “Better Cotton Uzbekistan” – atrof-muhit uchun yaxshiroq, jamiyat uchun yaxshiroq, iqtisodiyot uchun yaxshiroq, kelajak uchun yaxshiroq” deb nomlangan katta tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda IFC, XMT, Cotton Campaign xalqaro tashkilotlari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, GIZ loyihasi vakillari, O‘zbekiston tarmoq soha rahbarlari, fermer va to‘qimachilik klasterlari ishtirok etdi. Global Textile kompaniyasidan vakil bo’lib loyiha menejeri Sardor Inoyatov qatnashdi.

Muzokaralar davomida, har ikkala tarafning o‘zaro hamkorlik yuzasidan barcha ustuvor yo‘nalishlarni o‘zida aks ettirgan rezolyutsiya imzolandi. Shubhasiz bu Global Textile uchun o‘z eksporti sarhadlarini kengaytirish va kompaniyaning barqaror rivojlanish tamoillarini mustahkamlab olishi uchun yana bir imkoniyatdir.

Better Cotton Uzbekistan

Boshqa yangiliklar