Izlash

Better Cotton Initiative – O‘zbekiston ekologiyasi uchun eng zo‘r paxta

13-iyul kuni 2023-2024-mavsumning Better Cotton Initiative birinchi seminari bo‘lib o‘tdi. Global Textile tomonidan mazkur seminarda loyiha menejeri Sardor Inoyatov rahbarligida yaxshilangan paxta tizimini joriy etish bo‘yicha jamoamiz tinglovchi sifatida ishtirok etdi.

Nima uchun barqaror paxta xalqaro reteyler va brendlar uchun jozibador? Joriy yilda ushbu tizimni rivojlantirish bo‘yicha dasturda nima ko‘rsatilgan? Mahsulotni doimiy kuzatishning ahamiyati nimada? Ushbu masalalar London va Pokistondan kelgan mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqildi. Trening doirasida dasturni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar seminar doirasida olingan saboqlar bilan o'rtoqlashib, barqaror paxta uchun yetkazib berish zanjiri shaffofligi muhimligini ko'rib chiqdilar.

Yangi bilimlarga ega bo‘lish va zamon bilan hamnafas bo‘lish biz uchun nihoyatda muhim. Shu sababli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “Better Cotton Initiative” tashkilotiga va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatiga (GIZ) birgalikda seminar tashkil etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Better Cotton Initiative – O‘zbekiston ekologiyasi uchun eng zo‘r paxta

Boshqa yangiliklar