Ma'lumki, olingan har bir hosildan keyin qishloq xo'jaligi tizimlari o’zining ozuqa moddalarini yo'qotadi. Agar tuproqni barqaror boshqarish qo'llanilmasa, tuproqning unumdorligi asta-sekin yoqoladi. Natijada yetishtirilgan ekinning ozuqa moddalari tanqisligi vujudga keladi.
Global Textile yil davomida tuproqni agrotexnik tadbirlarga tayyorlash ishlarini olib boradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Tuproqshunoslik instituti olimlari, paxta maydonlarimizdan birida bo‘lib, izlanish isharini olib borishdi. Bu tadqiqot natijalari aniq bo‘lgach, tuproq holati va undagi fosfor, azot va kaliy miqdorini ko‘rsatuvchi agrokimyoviy xaritalar topshiriladi. Bu xaritadagi tavsiyalar hosildorlikni oshirishga yordam beradi.