2022-yil 22-iyun kuni, Xalqaro mehnat tashkiloti (International Labor Organization – ILO) missiyasi, hamda, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation – IFC) bilan birgalikda, Global Textile kompaniyalar guruhining, Farg‘ona viloyatidagi korxonalariga tashrif buyurdi.
Uchrashuv O‘zbekistonda, to‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlashning maqbul strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan, texnik-iqtisodiy asoslash loyihasini tayyorlash doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida, delegatsiya tomchilatib sug‘orish inshootlari, paxta tozalash zavodi, shuningdek, qurilayotgan Global Textile Infinity tekstil majmuasini borib ko‘rdi. Mehmonlar, paxta to‘g‘ri sug‘orilganda g‘o‘zaning shakllanishini ko‘rdi, paxtani qayta ishlash jarayonlari bilan tanishdi, trikotaj va bo‘yash sexlarida bo‘ldi.
Missiya vakillari, kompaniya erishgan yutuqlarni yuqori baholab, Global Textile paxta-to‘qimachilik klasterining innovatsion texnologik yechimlaridan katta taassurot qoldirdi. Muhokama davomida Better Workning zamonaviy yondashuvlari va vositalari – kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonalarning, xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilarning mehnat huquqlarini hurmat qilishga qaratilgan kompleks dastur muhokama qilindi.