Izlash

Samarali netvorking va g‘oyalar bilan almashish

Samarqanda bo‘lib o‘tgan YeTTB Boshqaruv kengashining 32-yig‘ilishida ishtirok etishi Global Textile rahbariyati uchun xorijiy hamkorlar bilan qator uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Forum doirasida Raiffeisen bank va Oddo bank vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Biznes konglomeratning vakillari ta’kidlaganidek, O‘zbekiston tekstil-to‘qimachilik bozori xorijiy biznesmenlar tomonidan eng istiqbolli bozorlaridan biri deb hisoblanadi.

Samarqandga tashrif juda sermahsul bo‘lib, yangi ishbilarmonlik aloqalarni yo‘lga qo‘yishga imkon berdi. Ishonamizki, forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar kelgusida qiziqarli va kelajagi porloq loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.

Samarali netvorking va g‘oyalar bilan almashish

Boshqa yangiliklar