Davlatimiz rahbarining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi chog‘ida Berlinda O‘zbek-German biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Global Textile bosh direktori Muzaffar Razakov davlat rahbariyati tashabbusi bilan yurtimizdagi tekstil sohasida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, paxta-tekstil klasterlarini barpo etish to‘g‘risida nemis tilida ma’ruza qildi.
Global Textile ning muvaffaqiyat tarixi tadbirkorlar uchun yorqin misol bo‘la oladi. Bunyod etilishidan boshlab besh yil mobaynida korxonamiz O‘zbekistondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalardan biriga aylandi.
Global Textile rahbarining chiqishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi: ulardan ko‘pi O‘zbekistonni yangi tarafini kashf etib, investitsiya uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rishdi. Forumdan so‘ng ishbilarmonlik uchrashuvlari uyushtirildi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi endigina boshlanyapti: oldimizda yangi istiqbolli loyihalar turibdi.