Izlash

Global Textile rahbariyati YeTTB 32-yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Samarqand shahrida ayni kunlarda biznes dunyosining yirik voqealaridan biri – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining 32-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Forum 73 ta davlatdan uch mingdan ortiq mehmonlarni – siyosiy va ishbilarmon doiralarning vakillarini qamrab olgan.

Forumda Global Textile bosh direktori Muzaffar Razoqov ham ishtirok etmoqda.

Bunday ko‘lami keng tadbirda ishtirok etish jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan dolzarb trendlar bilan tanishish, tajriba almashish hamda biznes aloqalarini o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyat.

Global Textile rahbariyati YeTTB 32-yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Boshqa yangiliklar