Izlash

Global Textile: biz ko‘payapmiz

Biz shiddat bilan rivojlanib kelmoqdamiz, va ish bilan ta’minlash masalasi biz uchun eng muhimlaridan biri. Ushbu masala aynan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda eng yirik bo‘lgan yangi korxonamiz – Global Textile Infinity uchun o‘ta dolzarb.

Shuni hisobga olgan holda, biz Farg‘ona viloyati hokimiyati bilan birgalikda mahalliy aholi uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini o‘tkazdik. Global Textile Infinity rahbariyati nomzodlarga kompaniyamiz, mehnat sharoitlari haqida aytib berib, ular uchun fabrikaga ekskursiya uyushtirishdi.

Tadbir ishtirokchilarining tassurotlari juda ijobiy. Ko‘pchiligi tadbirdan keyin korxona bilan mehnat shartnomalarini tuzdi. O‘z navbatida, biz mahalliy aholini ish bilan ta’minlash masalasiga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.
Bizning do‘stona va katta jamoamiz kengaymoqda.

 Global Textile: biz ko‘payapmiz

Boshqa yangiliklar