Izlash

Farg‘ona vodiysi blogerlari “Global Textile” kompaniyalar guruhi korxonalarida bo‘ldi

2022-yil 24-sentabr kuni Farg‘ona vodiysidagi blogerlar Global Textile kompaniyalar guruhi korxonalariga tashrif buyurishdi.

Ko'pincha, hozirgi zamonaviy "to'qimachilik klasteri" iborasi, ko'plab hukumat amaldorlari va oddiy aholi tomonidan turlicha talqin qilinadi. To‘qimachilik klasteri aynan nima, tadbirkorlar oldida qanday maqsad va vazifalar turibdi, fermerlar bilan ishlash jarayonlari qanday va boshqa ko‘p narsalarni Global Textile kompaniyalar guruhining barcha korxonalari bo‘ylab, mahalliy blogerlar press-turi davomida o‘rgandi. Bloggerlar, korxona xodimlari va fermerlar bilan shaxsan tanishish, mehnat sharoitlari haqida o'rganish, “Fergana Global Textile” tekstil majmuasi misolida klaster tizimining mohiyatini tushunish, shuningdek, korxona rahbari bilan suhbatlashib, ko‘plab savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Umid qilamizki, kelajakda ular bilan birgalikda qiziqarli loyihalarni amalga oshiramiz.

Bloggerlar Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning izohlarini ko'rish uchun bizning sahifamizga o'ting.

Farg‘ona vodiysi blogerlari “Global Textile” kompaniyalar guruhi korxonalarida bo‘ldi

Boshqa yangiliklar