Izlash

Doim o‘qish va o‘z ustida ishlash

Global Textile xodimi – ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis Rustam Pardayev Leica Geosystems Experience 2023 master klassida ishtirok etib, faol qatnashganligi uchun taqdirlandi.

Leica Geosystems Experience geodeziya va kartografiya yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi yetakchilaridan biri bo‘lgan kompaniya tomonidan har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, joriy yilda Toshkentda o‘tkazildi. Mazkur tadbir Leica Geosystems AG rasmiy distribyutor - «BNZ Industrial Support» MChJ tomonidan tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, Global Textile xodimlari doimiy ravishda o‘z malakasini turli seminar va ta’lim dasturlarida oshirib borishadi. Ulardan ko‘pi nafaqat tinglovchi sifatida ishtirok etadi, shu bilan birga ekspert sifatida ham jalb qilinadi. Chunki uzluksiz o‘qish va o‘zini o‘zi o‘stirish bu Global Textile ning ichki korporativ tamoyilaridan biridir.

 Doim o‘qish va o‘z ustida ishlash

Boshqa yangiliklar