Global Textile korxonalariga eng g‘ayrioddiy va esda qoladigan tashriflardan biri Germaniya oliy o‘quv yurtlaridan kelgan talabalarni kutib olinishi desak bo‘ladi. Mazkur sayohat DAAD (Nemis Akademik almashinuv xizmati) stipendiyasi bo‘yicha tahsil oluvchilar uchun Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti tomonidan tashkil qilingan.
Bizning bilimga intiluvchan mehmonlarimiz paxta-klaster tizimi bilan batafsil tanishishdi. Ekskursiya marshruti paxta dalalaridan boshlab tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishgacha iborat edi. Talabalar har qaysi obyektda samimiy qiziqish bilan ko‘plab savollar berib, javob olganidan so‘ng o‘z xursandchiligini yashirmadi. Mutaxassislarimiz bilan birga asbob-uskunalarni o‘rganishdi, Crop Monitoring tizimi yordamida dalalardagi ijobiy o‘zgarishlarni tahlil qilishdi, birinchi marotaba paxtaning ko‘sagini uzib, uning og‘irligini bilib olishdi.
Yosh mehmonlarimiz ko‘rinishida biz yangi tarafdorlarimizni topdik, ular O‘zbekiston, Farg‘ona, klaster tizimi va Global Textile ga nisbatan chin dildan ishqiboz bo‘lishdi. Biz ularga o‘z tomonimizdan xuddi shunday munosabat bildirdik. Ularni yana mehmonda intizorlik bilan kutib qolamiz.