Ushbu kun bizga o‘z jismoniy va ruhiy salomatligimizni asrab-avaylashni yana bir bor eslatib turadi. Global Textile da biz jamoamiz salomatligiga jiddiy e’tibor qaratib, qator muhim choralarni ko‘ramiz:
• ish jadvali va jarayoniga amal qilamiz;
• yetarli, foydali hamda muvozanatli ovqat bilan ta’minlaymiz;
• ishlab chiqarishni yanada xavfsizroq qiladigan innovatsion texnologiyalarni joriy etamiz;
• ishchilarimizni muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz.
Xodimlarimizning salomatligi biz uchun muhim va qimmatlidir. Biz ular haqida qayg‘uramiz, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga intilamiz.