2022-yil 3-avgust kuni Farg‘ona shahrida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan "Farg'ona Vodiy Tekstili" birinchi forumi tashkil etildi va unda “Global Textile” kompaniyalar guruhi ham ishtirok etdi.
Forum doirasida Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan 80 nafar tadbirkorlar mehmon sifatida tashrif buyurdi. Forumdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish, shuningdek, to‘qimachilik sohasidagi kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat edi.
Global Textile tayyor trikotaj mahsulotlari sifati va dizayni barcha ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
Bugun, 2022-yil 5-avgust kuni forumda ishtirok etgan Rossiya delegatsiyasi “Fergana Global Textile” tekstil majmuasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish fabrikalari bo‘ylab sayohat uyushtirilib, paxta va to‘qimachilik korxonalarining klaster tizimi haqida ma'lumot berildi, mehmonlar sifati xalqaro sertifikatlar bilan tasdiqlangan mahsulotlar bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo‘ldi.