Izlash

Bitta jamoada o‘ynaymiz

Global Textile da ko‘plab xodimlari futbol ishqibozlari bo‘lib, mahalliy jamoa – Farg‘onadagi “Neftchi” o‘yinlarini muxlis sifatida tomosha qiladi.

Yaqindan buyon ushbu qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga chiqdi. Biz bir yil avval PFK “Neftchi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik, hozirda fan klubi vakillarini klubga oid rang va ramzlarga ega bo‘lgan va o‘zimizda ishlab chiqarilgan futbolka, kepka va sharflar bilan beg‘araz ta’minlab beryapmiz.

O‘yin paytida tribuna klubga oid sariq va yashil ranglar bilan chiroyli o‘ralganligini bir ko‘ring-chi! Klubning yorqin ranglar bilan bezatilgan liboslarda va shodiyona qo‘shiqlarni kuylagan futbol ishqibozlari o‘yinni maroqli qilmoqda. Va biz shunday futbol bayramida ishtirok etganimizdan mamnunmiz.

 Bitta jamoada o‘ynaymiz

Boshqa yangiliklar