Global Textile barqaror rivojlanish konsepsiyasida atrof-muhit ekologiyasini asrab-avaylashga katta eʼtibor berilishi belgilangan. Shu bois kompaniyamiz chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Misol tariqasida paxta tozalash korxonalarimizni keltirib o‘tishimiz mumkin. U yerda tadbiq etilgan paxta changini yig‘ib olish tizimlari o‘z samarasini berib, atrof-muhitni va xodimlarning salomatligini muhofaza qilishga yordam bermoqda.
Xususan paxta xomashyosini tozalash jarayonida undan ajralib chiqadigan chang va chiqindilar maxsus innovatsion filtrlar yordamida tortib olinib, keyinchali yig‘ib olingan chiqindilarni presslab, dala maydonlarida o‘g‘it sifatida ishlatilmoqda.
Tabiatdagi har bir narsa o‘z o‘rniga ega bo‘lganligi kabi, ishlab chiqarishda ham aslida befoyda narsani o‘zi yo‘q. Faqatgina o‘z ustimizda doimo ishlab, oldinga qarab harakatlansak bas.